locale OZ

Levandovski: \"Kelasi mavsum ham \"Barselona\"da qolaman\"

Polshalik hujumchi kelajagi bo‘yicha fikr bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski: "Kelasi mavsum ham "Barselona"da qolaman"
Photo: Getty Images

Polsha terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski kelajagi haqida gapirdi.

“Faoliyatim davomida 30 dan ortiq titullarni qo‘lga kiritganman. Lekin men ko‘proq narsaga tayyorman. Jamoamiz keyingi mavsumda ham yaxshiroq bo‘ladi. "Barselona"ning moliyaviy muammolari meni bezovta qilmaydi, men albatta qolaman. Ketishim haqida hech qanday gap-so‘zlarga o‘rin yo‘q. Hozirga kelib klubdagi faoliyatim haqida ko‘proq o‘ylayapman", - dedi Levandovski.

O‘tgan mavsum 36 yoshli hujumchi “Barselona” safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting