locale OZ

Levandovski faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin

«Rossonerilar» polshalik forvardni tekinga qoʻlga kiritmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Milan» qishki transfer oynasi oldidan «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskini asosiy maqsad sifatida belgiladi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, Italiya klubi yanvar oyidayoq 37 yoshli forvard bilan kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.

Reja shundan iboratki, Levandovski 2026 yilning yozida — «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach — «Milan»ga o‘tishi mumkin. Xabarga ko‘ra, «rossonerilar» sport direktori futbolchining atrofidagi odamlar bilan allaqachon ilk aloqalarni o‘rnatgan.

Maʼlumot uchun, Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting