locale OZ

“Lester Siti” MYU'ning 18 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Lester Siti” MYU'ning 18 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Yaqinda Angliya Premyer-ligasi tark etib, Chempionshipga tushib ketgan “Lester Siti” “Manchester Yunayted”ning 18 yoshli himoyachisi Harri Amassga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda FLW nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Amass himoyaning chap qanotida o'ynashdan tashqari, yarim himoyada himoyada ham o'ynay oladi. U Angliya yoshlar terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Qayd etilishicha, “Lester Siti” Premyer-ligaga imkon qadar mo'ljallangan tezroq qaytmoqchi. Agar MYU yosh iqtidorni yozgi transferlar vaqtida sotishni istamasa,“tulkilar” uni ijaraga olishga harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, Amass joriy mavsum 25 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting