locale OZ

Leroy Sane faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leroy Sane faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini Turkuya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Galatasaroy” Sanega qiziqish bildirmoqda va unga yiliga 10-12 million yevrolik taklif yuborgan. U klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Sane o'tgan mavsum Bundesligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Chempionlar Ligasida 13 ta o'yin o'tkazib, bitta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting