locale OZ

Lautaro Martinez jarohati tufayli «Barselona»ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lautaro Martinez jarohati tufayli «Barselona»ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi
Lautaro Martinez jarohati tufayli «Barselona»ga qarshi javob bahsini o‘tkazib yuboradi

Milaning «Inter» jamoasi sardori Lautaro Martinez Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etmaydi. Uchrashuv 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Sky Italia nashrining xabar berishicha, 27 yoshli argentinalik hujumchi ilk o‘yinda olgan jarohati — mushak cho‘zilishi — sababli jamoaga yordam bera olmaydi. O‘sha uchrashuv 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan edi. Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, jarohat jiddiy deb topildi va Lautaroni asosiy tarkibdan chiqarishga to‘g‘ri keldi.

Qayd etish joizki, javob bahsi oldidan har ikki jamoa tarkibida yo‘qotishlar mavjud. «Barselona» safida markaziy himoyachi Jules Kounde ham jarohat sabab o‘yinda ishtirok etmaydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting