locale OZ

Lautaro: «Italiya kubogi finalidagi g'alaba juda muhim va ahamiyatli edi»

"Inter" mavsumni "oltin dubl" bilan yakunlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lautaro: «Italiya kubogi finalidagi g'alaba juda muhim va ahamiyatli edi»
ФОТО: Getty images

"Inter" hujumchisi Lautaro Martinez Italiya Kubogi finalida "Latsio" ustidan 2:0 hisobida qo'lga kiritilgan g'alabaga o'z munosabatini bildirdi.

Avvalroq milanliklar mamlakat chempionligini ham muddatidan oldin ta'minlagan edi.

"Bu biz uchun juda muhim va ahamiyatli g'alaba. O'tgan yildagi omadsizliklardan so'ng o'zimizga kelish oson bo'lmagan edi. Biz o'yin sifati, intensivlik, natijalar va umumiy chiqishlar nuqtai nazaridan juda muhim mavsum o'tkazdik.

Mavsumni ikki sovrin bilan yakunlayotganimizdan juda xursandman. Bu biz uchun haqiqatan ham katta ahamiyatga ega edi.

So'nggi yillarda erishgan yutuqlarimiz sabab "Inter" haqida doimo ko'p gapirishadi. Ammo biz shu yo'lda davom etishimiz, sovrinlar yutishda to'xtamasligimiz kerak. Chunki aynan shuni istaymiz. Bu mavsumda ikki titulni qo'lga kiritdik va bundan juda baxtiyormiz", — dedi Martinez "Inter" rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting