Laporta va Enrike bugun sudda Negreyra ishiga doir koʻrsatmalar beradi
«Barselona» prezidenti Joan Laporta hamda klubning sobiq bosh murabbiylari Luis Enrike va Ernesto Valverde 12 dekabr, juma kuni sudda guvoh sifatida ishtirok etadi. Ular Negreyraning ishiga doir ko‘rsatmalar berishlari kutilmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, sud Enrike va Valverde Negreyra, ya’ni sobiq texnik qo‘mita vitse-prezidenti, hakamlar bo‘yicha Barselona klubi uchun hisobotlar tayyorlagani haqida xabardor bo‘lgan yoki yo‘qligini aniqlashi lozim.
Rejalashtirilishicha, ikkala murabbiy videokonferensiya orqali bayonot beradi, chunki ular jamoalarini boshqarish bilan band bo‘lgani sababli Barselonaga kelolmaydi. Shu bilan birga, Laporta sudga shaxsan keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda «Barselona»ga Negreyra orqali poraxo‘rlik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan edi. U Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) ishlagan. «Barselona» 2001–2018 yillar davomida ushbu to‘lovlarni amalga oshirganlikda ayblangan.