locale OZ

Laporta: «Biz «Chelsi»ni magʻlub etishimiz kerak, lekin bu oson boʻlmaydi»

«Barselona» prezidenti londonliklarga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Laporta: «Biz «Chelsi»ni magʻlub etishimiz kerak, lekin bu oson boʻlmaydi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidan oʻrin olgan Londonning «Chelsi» klubiga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.

Laporta qiyinchiliklarga qaramay g‘alaba qozonish zarurligini aytdi. Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvi 25 noyabr kuni «Chelsi»ning uy stadioni — «Stamford Bridj»da bo‘lib o‘tadi.

«Londonda biz albatta g‘alaba qozonishimiz kerak, ammo bu oson bo‘lmaydi. Bizda ajoyib jamoa bor. Bu o‘yinga yana futbolchilar qaytadimi — bilmayman. Rafinya qaytdi va maydonga tushishi bilan deyarli gol ura yozdi.

«Chelsi» juda muvozanatli jamoa. Agar biz o‘z futbolimizni ko‘rsatsak, imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ladi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting