locale OZ

Laporta «Barselona» stadionini Messi nomi bilan atashni nomaqbul deb topdi

Argentinalik yulduz kataloniyaliklar tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Laporta «Barselona» stadionini Messi nomi bilan atashni nomaqbul deb topdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning uy stadioni «Kamp Nou»ni sobiq hujumchi Lionel Messi sharafiga nomlash g‘oyasiga munosabat bildirdi.

«Messi uchun haykal? Biz hali bu masalani hal qilganimiz yo‘q. Bizning boshqa ustuvorliklarimiz bor. «Kamp Nou» to‘liq qurib bitgach, unga hurmatimizni qanday ifoda etishimizni o‘ylaymiz.

Biz direktorlar kengashining yig‘ilishida stadionni uning nomi bilan atash imkoniyatini muhokama qilganmiz. Ammo bu o‘rinli emas, deb topdik. Stadionning nomi «Kamp Nou» bo‘ladi — bu «Barselona» futbol klubi stadioni», — deya Laporta so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Messi «Barselona» tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, 778 ta o‘yinda 672 ta gol muallifi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi «Barselona» safida yetti marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting