Laport Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images
“An-Nasr” himoyachisi Emerik Laport faoliyatini “Marsel”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda France Football xabar tarqatmoqda.
Manbada 30 yoshli ispaniyalik himoyachi uchun klub jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, “Marsel”ning UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olishi bevosita shu transferga bog‘liq bo‘ladi.
Joriy mavsum Laport 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist