Lamin Yamal tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamal tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi. 17 yoshli yulduz Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini alohida ta'kidladi.
“Barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi kim? Messi eng zo'ri. Lekin men o'z hikoyamni yozmoqchiman”, - deydi Yamal.
Ma'lumot uchun, Yamal joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 53 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist