locale OZ

Lamin Yamal dunyodagi eng yaxshi futbolchilarni aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lamin Yamal dunyodagi eng yaxshi futbolchilarni aytdi
Rasm: gettyimages.com

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarimhimoyachisi Lamin Yamal dunyoning eng kuchli futbolchilari haqida o‘z fikrini bildirdi. 17 yoshli vinger ta’kidlashicha, u "PSJ" hujumchisi Usmon Dembele va "Arsenal" futbolchisi Bukayo Sakaning o‘yinlarini yuqori baholaydi.

«Agar “Barselona” futbolchilarini hisobga olmasak, menimcha, hozir Usmon Dembele va Bukayo Saka juda yaxshi o‘ynayapti», — dedi Yamal Goal nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Yamal 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 24 ta golli uzatma bilan ajraldi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 180 million yevroga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamal o‘ynashni orzu qilayotgan ikki stadion haqida yozgan edik.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting