La Liganing yangi mavsumi g'olibi taxmin qilindi
Photo: Getty Images
Opta Sports superkompyuteri yangi mavsum oldidan o‘z bashoratlarini e’lon qildi. Nashrning xabar berishicha, yangi mavsum Ispaniya chempionligiga asosiy da’vogar – "Barselona" nomi keltirilgan. Kataloniyaliklarning chempionlik uchun imkoniyatlari 46,5 foizga baholangan.
"Real Madrid"ning chempionligiga 32,1 foiz berilgan. Chempionlik uchun uchinchi da’vogar sifatida "Atletiko M" ko‘rsatilgan. Madrid jamoasining imkoniyatlari 11,7 foizga baholangan.
Avvalroq The Athletic nashri APLning yangi mavsumida kim chempion bo‘lishini taxmin qilgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor