locale OZ

La Liganing to'rtta klubi Jeymi Vardiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liganing to'rtta klubi Jeymi Vardiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasining 4 ta klubi “Lester Siti”ning sobiq hujumchisi Jeymi Vardiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, hozirda erkin agent hisoblangan 38 yoshli forvardni “Sevilya”, “Valensiya”, “Vilyareal” va “Betis" o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, Vardining xizmatlariga Amerikaning “San-Diyego” va “D.S. Yunayted”, shuningdek, Angliyaning “Lids Yunayted” va “Vulverxempton” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Vardi o'tgan mavsum klub safida jami 36 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2012-yildan buyon “Lester Siti”da o'ynab kelayotgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting