locale OZ

La Ligada eng ko'p maosh oluvchi murabbiy aniqlandi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
La Ligada eng ko'p maosh oluvchi murabbiy aniqlandi
FOTO: TEAMtalk

Ispaniya La Ligasida eng ko'p maosh oluvchi murabbiylar nomi ma'lum bo'ldi.

L'Équipe nashri xabariga ko'ra, Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatida eng ko'p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi.

Shuningdek, kuchli uchlikdan “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va “Barselona” ustozi Hans-Diter Flik o'rin oldi.

Ispaniya La Ligasida eng ko'p maosh oluvchi murabbiylar top-3 taligi quyidagicha:

  1. Diyego Simeone (“Atletiko”) - 2,17 million yevro
  2. Karlo Anchelotti (“Real”) - 0,91 million yevro
  3. Hans-Diter Flik (“Barselona”) - 0,83 million yevro
Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting