La Liga. «Vilyarreal» «Atletiko»ni yirik hisobda mag'lub etib, mavsumni 3-o'rinda yakunladi
Ispaniya chempionatining 38-turida "Vilyarreal" hamda Madridning "Atletiko" jamoalari o‘zaro bellashdi. Bellashuvda mezbonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab "Vilyarreal" yarim himoyachisi Dani Parexo 30-daqiqada penalti orqali hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, hujumchi Ayose Peres ustunlikni ikki baravar oshirdi. 40-daqiqada esa forvard Jorj Mikautadze hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
43-daqiqada "Atletiko" himoyachisi Mark Pubil hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida, 45-daqiqada yarim himoyachi Pap Geye "Vilyarreal"ning to‘rtinchi golini kiritdi. 54-daqiqada Ayose Peres dubl rasmiylashtirib, o‘yin yakuniy hisobini o‘rnatdi — 5:1.
Shu tariqa, "Atletiko" 69 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. "Vilyarreal" esa 72 ochko bilan uchinchi pog‘onada mavsumni yakunladi. Har ikki jamoa ham Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.
La Liga. 38-tur
Vilyarreal — Atletiko 5:1
Gollar: Parexo (30, penalti), Peres (34, 54), Mikautadze (40), Geye (45) — Pubil (43).