locale OZ

La Liga. \"Real\" so'nggi o'yinda g'alaba qozondi. Anchelotti, Modrich va Vaskes so'nggi o'yinini o'tkazishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. "Real" so'nggi o'yinda g'alaba qozondi. Anchelotti, Modrich va Vaskes so'nggi o'yinini o'tkazishdi
Photo: Getty Images

Ispaniya chempionatining 38-turida “Real” o‘z maydonida “Real Sosedad”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi. 83-daqiqada Mbappe dubl qayd etib, jamoasining ustunligini ikki barobarga oshirdi.

Ushbu bahs Luka Modrich, Lukas Vaskes va Xesus Valexo uchun o‘z maydonidagi so‘nggi bahs bo‘lsa, Karlo Anchelotti uchun esa jamoa ustozi sifatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

"Real Madrid" mavsumni 38 uchrashuvda 84 ochko bilan yakunladi. Karlo Anchelotti shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.

La Liga. 38-tur

“Real” 2:0 “Real Sosedad”

Gollar: Mbappe 38, 83 (pen)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting