La Liga. Real safarda Atletikni ayamadi
Mbappe dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
Ispaniya chempionati 19-tur uchrashuvida "Real" safarda "Atletik" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi — 3:0.
Kilian Mbappe dublni rasmiylashtirdi. Yana bir golga Eduardo Kamavinga mualliflik qildi, Mbappe unga assistentlik qildi.
Natijada "Real" La Ligadagi uch durangdan iborat seriyasini to‘xtatdi. Xabi Alonso jamoasi ochkolarini 36 taga yetkazib, chempionat jadvalida "Barselona"dan 1 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda. "Atletik" esa 20 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.
La Liga. 19-tur
Atletik – Real – 0:3
Gollar: Mbappe, 7 (0:1). Kamavinga, 42 (0:2). Mbappe, 59 (0:3)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist