locale OZ

La Liga. «Real» o‘z uyida 9 kishi bo‘lib qoldi va «Selta»ga yutqazdi

Madrid klubi kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi va "Barsa" bilan farq 4 ochkoga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» o‘z uyida 9 kishi bo‘lib qoldi va «Selta»ga yutqazdi
ФОТО: Getty images

“Real” Ispaniya chempionatining 15-turida o‘z maydonida “Selta”ga yutqazdi – 0:2.

53-daqiqada “Selta”ning 21 yoshli shved hujumchisi Villiott Svedberg hisobni ochdi. 90+3-daqiqada u dubl qayd etdi. 64-daqiqadan boshlab “Real” bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi – ispaniyalik himoyachi Fransisko Garsiya ketma-ket ikkita sariq kartochka oldi. O‘yin yakunida Alvaro Karerras ham maydondan chetlatildi.

Natijada Alonso jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda 36 ochko bilan bormoqda. “Selta” esa 15 o‘yindan so‘ng 19 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga. 15-tur

Real – Selta – 0:2

Gollar: Svedberg, 53 (0:1). Svedberg, 90 (0:2)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting