locale OZ

La Liga prezidenti FIFA'ni tanqid qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga prezidenti FIFA'ni tanqid qildi
FOTO: Getty Images

La Liga prezidenti Xavyer Tebas FIFA'ni klublar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun tanqid qildi va buni bema'nilik deb atadi.

“Bu mutlaqo bema'nilik. Gap nafaqat o'yinchilarning jismoniy zo'riqishida, balki klublar o'rtasidagi Jahon chempionati modeli ligalarning butun ekotizimiga, ayniqsa, Yevropaga ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq.

“Real” va “Atletiko” chempionatni qachon boshlashi borasida allaqachon kelishmovchiliklar mavjud, bu esa odatdagi jadvalimizni buzadi va bizga zarar yetkazadi. Bu haqda qaror qabul qilish faqat menga bog'liq emas.

Biz bilan vaqt masalasida maslahatlashishmadi. Biz bilan umuman hech narsa haqida maslahatlashishmadi. Agar “Real” yoki “Atletiko” birinchi davrada o'ynay olmasa, ular shunchaki Ispaniya chempionatiga zarar yetkazishadi”, - deydi Tebas.

Eslatib o'tamiz, 2025-yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 14-iyundan 13-iyulga qadar bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting