La Liga mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi
Ispaniya La Ligasi o‘zining rasmiy saytida 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra chempionatning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxati:
- Lamin Yamal («Barselona»);
- Kilian Mbappe («Real Madrid»);
- Vedat Muriki («Malorka»);
- Pablo Fornals («Betis»);
- Nikolya Pepe («Vilyarreal»).
Mukofot egasi muxlislar, ekspertlar hamda jamoalar sardorlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida eng yaxshi to‘purarga aylangan edi. Fransiyalik hujumchi 31 ta uchrashuvda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Vedat Muriki esa 23 ta gol bilan ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. «Barselona» vingeri Lamin Yamal esa 28 ta o‘yinda 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan holda La Liganing eng yaxshi assistentiga aylandi.