La Liga klublari Garnachoning «Aston Villa»dagi holatini kuzatmoqda
La Liga klublari «Aston Villa» hujumchisi Alejandro Garnachoning jamoadagi holatini kuzatib bormoqda. Argentinalik futbolchi Unai Emeri boshchiligidagi jamoada yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Garnacho Madridda tug‘ilgan va yoshligida «Atletiko» akademiyasida shug‘ullangan. 2020-yilda esa u «Manchester Yunayted» akademiyasiga ko‘chib o‘tgan.
O‘tgan yozda Garnacho «Aston Villa» tarkibiga ijara asosida qo‘shildi. Futbolchining transfer huquqlari «Chelsi»ga tegishli. Tomonlar kelishuvida belgilangan muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, Garnachoning transferi to‘liq amalga oshishi ko‘zda tutilgan. London klubida ushbu shartlar bajarilishini oson deb hisoblashmoqda.
Argentinalik hujumchi hali «Aston Villa»ning birorta ham uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushmagan. U jamoa safida uchta bahsda atigi 31 daqiqa o‘ynagan. So‘nggi to‘rtta uchrashuvda esa Garnacho zaxirada qoldi.