La Liga hakamlari endi matbuot anjumanlarida qatnashmaydi - El Chiringuito
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) vakillarining yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda hakamlik masalalariga alohida to'xtalib o'tildi. Uchrashuvda RFEF rahbari Rafael Luzan ham ishtirok etdi.
El Chiringuito nashrining xabariga ko'ra, mazkur yig'ilishda hakamlar o'yinlar oldidan matbuot anjumanida ishtirok etmasliklariga qaror qilingan.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvda “Real Madrid” telekanali hakamlar haqida tanqidiy videolar tayyorlayotgani ham muhokama qilingan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Kubogi finali doirasidagi “Barselona” - “Real Madrid” (3:2) uchrashuvi arafasida bosh hakam Rikardo De Burgos Bengoeche matbuot anjumanida qatnashib, “Real Madrid” televideniyasi tomonida berilgan tanqidiy savollardan so'ng ko'z yoshlarini tiya olmagandi.