La Liga hakamlar qoʻmitasi 17—18 tur yakunlariga koʻra 10 xatoni aniqladi
Ispaniya La Ligasi hakamlar qo‘mitasi joriy mavsumning 17–18-turlari yakunlariga ko‘ra hakamlar va VAR tomonidan yo‘l qo‘yilgan 10 ta xatoni aniqladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Eng ko‘p xato «Atletiko Madrid» jamoasi foydasiga qayd etilgan — 2 ta holat.
«Barselona» foydasiga 1 ta xato tan olingan. «Mallorka»ga qarshi o‘yinda (3:0) katalonlar ikkinchi golni himoyachi to‘p bilan boshidan zarba olib, yerda qolib ketgan vaziyatdan keyin urishgan. Ushbu holatda o‘yin to‘xtatilishi kerak edi.
«Real Madrid» ishtirokidagi uchrashuvda ham 1 ta xato aniqlangan. «Real Sosyedad»ga qarshi bahsda (2:1) hakam Din Heysenga qizil emas, sariq kartochka ko‘rsatishi lozim edi.
To‘g‘ri qarorlar masalasida esa, «Barselona» o‘yinlarida 2 ta to‘g‘ri qaror qayd etilgan:
— bittasi «blaugrana» foydasiga — «Betis» himoyachisi Mark Bartraning qo‘l bilan o‘ynagani uchun belgilangan penalti;
— ikkinchisi «Barselona»ga qarshi — «Osasuna» bilan o‘yinda Ferran Torres golining bekor qilinishi.