La Liga. «Barselona» safarda «Betis»ni magʻlub etib, peshqadamligini mustahkamladi
Ispaniya La Ligasining 15-turidan oʻrin olgan «Barselona» va «Betis» oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi va unda kataloniyaliklar 5:3 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida «Betis» hujumchisi Antoni hisobni ochdi. 11-daqiqada Feran Torres hisobni tenglashtirdi, ikki daqiqa o‘tib esa mezbonlar darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. 31-daqiqada Runi Bardji mezbonlar darvozasini uchinchi bor ishg‘ol qildi. 40-daqiqada Torres xet-trikni amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda Lamin Yamal penalti golini kiritdi. «Betis» esa 85-daqiqada Diego Lyorente va 90-daqiqada Kucho Ernandes gollari evaziga farqni qisqartirdi, ammo natija 5:3 hisobida qoldi.
Maʼlumot uchun, 15 turdan so‘ng «Barselona» 40 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Betis» esa 24 ochko bilan beshinchi pog‘onada turibdi.
La Liga. 15-tur
«Betis» — «Barselona» 3:5
Gollar: Antoni (6), Llorente (85), Ernandes (90) — Torres (11, 13, 40), Bardji (31), Yamal (59).