locale OZ

La Liga. “Barselona” qoldirilgan o'yinda g'alaba qozonib, yaqqol peshqadamga aylandi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
La Liga. “Barselona” qoldirilgan o'yinda g'alaba qozonib, yaqqol peshqadamga aylandi
FOTO: Goal.com

Ispaniya La Ligasi 27-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda “Barselona” va “Osasuna” o'zaro to'qnash keldi va yakunda kataloniyaliklar osonlikcha g'alaba qozondi - 3:0.

Dastlab, Ferran Torres 11-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Dani Olmo penaltidan unumli foydalanib, “ko'k-anorranglilar”ning ustunligini oshirdi.

Ikkinchi bo'lim oxirida esa zaxiradan maydonga tushgan Robert Levandovski hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Shu tariqa, “Barselona” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 63 taga yetkazib olib, yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rindagi “Real” hisobida 60 ochko mavjud.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting