locale OZ

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Atletik»ni tor-mor qildi

Kataloniyaliklar turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. “Barselona” o‘z maydonida “Atletik”ni tor-mor qildi
ФОТО: Getty images

“Barselona” o‘z maydonida Ispaniya La Ligasining 13-turida “Atletik”ni mag‘lub etdi – 4:0.

Kataloniyaliklar safida Ferran Torres dubl (45+3 va 90+1-daqiqalar) qayd etdi. Robert Levandovski (4) va Fermin Lopes (48) ham bittadan gol muallifiga aylandi.

Natijada “Barselona” ochkolari sonini 31 taga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Real”ni (31) ortda qoldirib, La Liga peshqadamiga aylandi.

Ispaniya chempionati. La Liga. 13-tur
Barselona – Atletik – 4:0
Gollar: Levandovski, 4 (1:0). Torres, 45 (2:0). Fermin Lopes, 48 (3:0). Torres, 90 (4:0)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting