locale OZ

La Liga. «Barselona» «Levante»ga qarshi superkambek amalga oshirib, g'alaba qozondi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» «Levante»ga qarshi superkambek amalga oshirib, g'alaba qozondi
Фото: Getty Images

Ispaniya chempionatining 2-turida "Barselona" safarda "Levante"ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv 3:2 hisobida kataloniyalik futbolchilarning superkambeki bilan yakunlandi. Dastlab 15-daqiqada Ivan Romero mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Morales esa birinchi bo'lim oxirida farqni ikkita oshirdi.

Tanaffusdan so'ng "Barsa" o'ziga keldi va 49-daqiqada Pedri farqni qisqartirdi. 52-daqiqada Ferran Torres hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Unai o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

Shu tariqa, "Barselona" ikkinchi g'alabasiga erishib, 6 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda.

La Liga. 2-tur
"Levante" 2:3 "Barselona"
Gollar: Romero 15, Morales 45+7 (p) - Pedri 49, Torres 52, Unai 90+1 (avtogol)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting