La Liga. «Atletiko» o‘z maydonida «Levante»dan ustun keldi
Ispaniya La Ligasining 12-turidan oʻrin olgan bahsda «Atletiko Madrid» oʻz maydonida «Levante»ni qabul qildi va 3:1 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.
Dastlab hisob 12-daqiqada Adrian de la Fuente tomonidan ochildi. Mehmonlar a'zosi kutilmaganda oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. 21-daqiqada Manuel Sanches muvozanatni tikladi.
Ikkinchi boʻlimda esa Antuan Grizmann 61 va 80-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi va jamoasining gʻalabasiga muhim hissa qoʻshdi.
Shu tariqa, «Atletiko» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 25 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. «Levante» esa 9 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 12-tur
«Atletiko» — «Levante» 3:1
Gollar: De la Fuente (avtogol, 12), Grizmann (61, 80) — Sanches (21).
Atletiko – Oblak, Llorente, Ximenes, Hansko, Rujjeri (Molina, 79), Koke, Barrios (Grizmann, 61), Baena (Gallaher, 79), Simeone (Gonsales, 73), Sorlyot (Almada, 61), Xulian Alvares.
Levante – Rayan, Tolyan, Dela, Moreno, Sanches, Alvares, Elgezabal, Arriaga, Olasagasti, Etta Eyong, Brugi (Morales, 74).