La Liga. «Atletiko» Madrid derbisida «Real»ni yirik hisobda mag'lub etdi
Ispaniya chempionatining 7-turining markaziy bahsida “Atletiko” klubi “Real”ni qabul qildi.
Gollar shousiga aylangan bahsda “matraschilar” 5:2 hisobida g'alaba qozondi.
Madridliklar safida Xulian Alvares dubl muallifi bo'ldi. Argentinalik futbolchi 50-daqiqada penaltidan unumli foydalandi va 64-daqiqada jarima zarbasidan gol urdi. Shuningdek, Robin Le Norman (14), Aleksandr Serlot (45+3) va Antuan Grizmann (90+4) bittadan gol kiritdi.
"Real" tarkibida Kilian Mbappe (25) va Arda Gyuler (36) o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Mag'lubiyatga qaramay, “Real” 18 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. "Atletiko" (12) musobaqa jadvalida to'rtinchi pog'onaga ko'tarildi.
La Liga, 7-tur
Atletiko - Real - 5:2
27 sentyabr 2025 yil, shanba, 19:15
Gollar: Le Norman, 14 (1:0). Mbappe, 25 (1:1). Arda Gyuler, 36 (1:2). Serlot, 45 (2:2). Alvares, 50 - penaltidan (3:2). Alvares, 64 (4:2). Grizmann, 90 (5:2)