locale OZ

La Liga AQShda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan «Barselona» — «Vilyarreal» oʻyini bekor qilinganini e'lon qildi

Tashkilot bu loyiha amalga oshmayotganidan afsusda ekanligini taʼkidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga AQShda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan «Barselona» — «Vilyarreal» oʻyini bekor qilinganini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

Ispaniya La Ligasi oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida 17-tur doirasida «Vilyarreal» va «Barselona» jamoalari oʻrtasidagi 20 dekabr kuni Mayamida oʻtkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv bekor qilinganini e'lon qildi.

«La Liga bu loyiha amalga oshmayotganidan juda afsusda. Ushbu tashabbus Ispaniya futbolini xalqaro miqyosda targʻib qilish uchun tarixiy va noyob imkoniyat boʻlishi mumkin edi.

Mamlakat tashqarisida rasmiy oʻyin oʻtkazish bizning chempionatni global miqyosda kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻlardi. Bu klublarning xalqaro maydonda obroʻsini oshirib, futbolchilarni yanada taniqli qilardi va AQSh kabi strategik bozorda Ispaniya futboli brendini mustahkamlashga xizmat qilardi», — deyiladi bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mayamidagi oʻyinni tashkilotchilar sifatli tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt yetishmayotgani sababli uchrashuvni oʻtkaza olmasliklarini maʼlum qilishgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting