La liga. 11-tur. Barselona o'z uyida Elcheni ikki to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchratdi
Ispaniya La ligasi 11-turidan o'rin olgan Barselona hamda Elche jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda Barsa 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Uchrashuvda Yamal, Torres hamda Reshfordlar o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Mehmonlarning yagona golini Mir urdi.
La Liga. 11-tur
Barselona – Elche 3:1
2 noyabr. «Monjuik»
Gollar: Yamal (9), Torres (11), Reshford (61) — Mir (42).
Barselona – Shesni, Kunde, Garciya, Arauxo, Balde (Martin, 74), de Yong, Kasado, Yamal (Barji, 88), Reshford (Levandovski, 74), Lopes (Olmo, 66), Torres (Fernandes, 88).
Elche – Penya, Pedrosa (Chetauya, 82), Affengruber, Bigas (Fort, 70), Valera (Santigo, 70), Aguado, Netu (Mendosa, 46), Mir, Silva (Rodriges, 74).