locale OZ

Kurtua Rodrining «Barselona»ni tanlaganiga munosabat bildirdi

«Barselona» Rodri transferini 18 avgust kuni rasmiy e'lon qilgan.
Kurtua Rodrining «Barselona»ni tanlaganiga munosabat bildirdi
ФОТО: Getty images

«Real» darvozaboni Thibaut Kurtua yarim himoyachi Rodrining Madrid klubi o‘rniga «Barselona»ga o‘tish qarorini izohladi.

Avvalroq ispan futbolchisining «Real»ga o‘tishi kutilgan edi. Biroq Rodri yakunda kataloniyaliklar safiga qo‘shildi. Kurtua esa uning tanloviga nisbatan fikrini ochiq aytdi.

«Har kim o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi. Agar u boshqa klubni tanlagan bo‘lsa, bu uning uchun yo‘qotish», — dedi belgiyalik darvozabon DAZN efirida.

Ma'lumot uchun, «Barselona» Rodri transferini 18 avgust kuni rasmiy e'lon qilgan. 30 yoshli yarim himoyachi kataloniyaliklar bilan 2030 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, transferning kafolatlangan qiymati 60 million yevroni tashkil etgan, yana 11 million yevro bonuslar orqali to‘lanishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting