Kurtua «Real»ni tark etishi mumkin
Futbolchining “qirolicha klubi” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Real” jamoasi belgiya posboni Thibaut Courtois bilan shartnomani uzaytirmaslikni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Futbolchining “qirolicha klubi” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Qayd etilishicha, Thibautning bitim muddati tugagach, u professional faoliyatini yakunlashi yoki Saudiya Arabistoni chempionatidagi klublardan biri bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Shuningdek, u futbolchilik faoliyatini boshlagan “Genk” klubiga qaytish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Thibaut Courtois “Real” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali uning qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist