Kurtua Mbappeni Ronaldu bilan taqqosladi
Belgiyalik posbon Krishtianu bilan bir jamoada toʻp surmagan.
FOTO: Getty Images
«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoadoshi Kilian Mbappeni klub afsonasi Krishtianu Ronaldu bilan solishtirdi.
«Men Krishtianu bilan birga o‘ynamaganman, chunki men «Real»ga kelgan yozda u «Yuventus»ga ketgan edi.
Menimcha, ular ikki xil futbolchi, ammo Krishtianuning g‘alaba mentaliteti Kiliannikidan biroz kuchliroq. Biroq bu yil Kilian bu mentalitetni ancha yaxshi ko‘rsata boshladi.
U o‘yinini yaxshiladi va jamoani haqiqatan ham ortidan ergashtirmoqda. Uning lider ekani ko‘rinib turibdi va har bir o‘yin bilan bu yanada yaqqol bo‘lib boradi», — dedi Kurtua COPE nashriga bergan intervyusida.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Mbappe «Real» safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist