locale OZ

Kurtua: «Hozirgi darajamni saqlab qolsam, shartnomani uzaytirish muammo bo‘lmaydi»

Kurtuaning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Kurtua: «Hozirgi darajamni saqlab qolsam, shartnomani uzaytirish muammo bo‘lmaydi»
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi darvozaboni Thibaut Kurtua o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Mening kelajagimmi? “Real”da 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan shartnomalar odatda bir yilga uzaytiriladi. Shuning uchun bu holatga xotirjam qarayman.

Agar hozirgi darajamni saqlab qolsam, shartnomani uzaytirish muammo bo‘lmaydi. Ammo “Real” — eng yuqori darajadagi klub, shu bois ertami-kechmi ular mening o‘rnimga voris haqida o‘ylashlariga to‘g‘ri keladi», — deya Kurtuaning so‘zlarini insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda keltirgan.

Kurtuaning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Belgiyalik posbon 2018 yil avgustidan buyon “Real” safida to‘p surib kelmoqda.

O‘tgan mavsumda u jamoa safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol o‘tkazib yubordi. 17 ta uchrashuvda esa o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting