locale OZ

Kunha \"MYU\"ga o‘tishi haqida: \"Bu faoliyatim uchun chaqiriq ekanini his qildim\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunha "MYU"ga o‘tishi haqida: "Bu faoliyatim uchun chaqiriq ekanini his qildim"
Photo: Getty Images

“Manchester Yunayted" klubiga yangi kelib qo‘shilgan Mateus Kunha o‘zining transferi borasida izoh berdi.

"Men haqiqatan ham bu klubdagi bosimni imtiyoz deb hisoblayman. Bu dunyodagi eng yirik jamoalardan biri. Ruben Amorim oldimga kelib, o‘z loyihasini ko‘rsatganida, bu faoliyatim uchun chaqiriq ekanini his qildim va uni qabul qildim”, - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi "MYU" rasmiy sayti.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi klub miqyosida 36 ta o‘yinda 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“MYU” klubi braziliyalik hujumchining transferiga 74 million yevro sarfladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting