Kunde qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
"Barselona" qanot himoyachisi Jyul Kunde "Inter"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final dastlabki o‘yinida (3:3) jarohat oldi.
Bugun fransuz tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra, chap sonining ikki boshli mushagi distal qismi shikastlangani aniqlandi. Natijada futbolchi kamida uch hafta davomida “Barca”ga yordam bera olmaydi.
Futbolchi “Inter”ga qarshi javob o‘yini, “Real”, “Valyadolid”, “Espanyol” va “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinlarni ham o‘tkazib yuboradi. Futbolchining “Atletiko”ga qarshi so‘nggi tur o‘yiniga qadar safga qaytishi mumkinligi aytilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist