Kunde Chempionlar Ligasida boshi bilan dubl qayd etgan ilk «Barselona» futbolchisiga aylandi
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde UEFA Chempionlar Ligasi tarixida klubining bir o‘yinda ikki marta bosh bilan gol urgan ilk futbolchisiga aylandi. Bu haqda OptaJose nashri xabar berdi.
Fransiyalik himoyachi tarixiy dublni umumiy bosqichning 6-turida, «Barselona» Frankfurtning «Ayntraxt»iga qarshi maydonga tushgan bahsda (2:1) qayd etdi.
50-daqiqada Markus Rashford bergan uzatmadan so‘ng u sakrab turib to‘pni darvozaga yo‘naltirdi. 53-daqiqada esa Lamine Yamalning uzatmasidan keyin to‘pni bosh bilan uzoq burchakka yo‘llab, dublni rasmiylashtirdi.
Kunde joriy mavsum Chempionlar ligasining barcha oltita turida asosiy tarkibda maydonga tushdi. U «Ayntraxt» darvozasiga kiritgan ikki golga qo‘shimcha ravishda bir golga hammualliflik qilgan, shuningdek, bir marta to‘pni o‘z darvozasiga ham kiritgan.