locale OZ

«Kubokni Braziliyaga qaytarishimiz kerak» — Neymar JCh-2026 qaydnomasiga kiritilganiga munosabat bildirdi

«Santos» hujumchisi mundialga boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kubokni Braziliyaga qaytarishimiz kerak» — Neymar JCh-2026 qaydnomasiga kiritilganiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

«Santos» klubi hujumchisi Neymar shu yilning yozida AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun Braziliya terma jamoasi tarkibiga kiritilganidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

«Mening soʻzlarimni eslab qoling, ushbu Jahon chempionatida biz bir tana, bir jon boʻlamiz. Bor kuchimizni maydonga tashlaymiz. Biz kubokni Braziliyaga qaytarishimiz shart», — deya Neymarning soʻzlarini keltirmoqda taniqli insayder Fabrisio Romano.

Eslatib oʻtamiz, Karlo Anchelotti boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi musobaqaning «C» guruhidan joy olgan boʻlib, pley-off yoʻllanmasi uchun Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. JCh-2022 finalida ushbu jamoa Fransiya bilan toʻqnash kelgan, asosiy va qoʻshimcha vaqtlar 3:3 hisobida yakunlangach, penaltilar seriyasida argentinaliklarning qoʻli baland kelgan edi (4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting