Kubarsi «Barselona» safida 100 ta oʻyin oʻtkazgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylandi
«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi klub safida 100 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchilar orasida ikkinchi o‘ringa chiqdi. Uning yubiley o‘yini Ispaniya Kubogi 1/32 finalida «Gvadalaxara»ga qarshi bahs (2:0) bo‘ldi.
Kubarsi o‘zining 100-o‘yinini atigi 18 yoshu 329 kunligida o‘tkazdi. Undan avval bu natijaga faqat hujumchi Lamin Yamal erishgan — u 100-o‘yinini 17 yoshu 293 kunligida o‘ynagan. Kechagi «Gvadalaxara»ga qarshi uchrashuv esa Yamal uchun «Barselona» safidagi 125-o‘yin bo‘ldi.
Hozirda Kataloniya klubida o‘z jamoasi safida 100 ta o‘yinga eng yosh yetib borgan besh futbolchidan to‘rttasi to‘p surmoqda: Lamin Yamal va Pau Kubarsi, shuningdek Gavi (19 yosh 84 kun) va Pedri (20 yosh 66 kun).