Kroos Vinisiusni tanqid qildi
Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning hozirgi hujumchisi Vinisius Junior haqida tanqidiy fikr bildirdi.
«Unga ko‘p bor aytganman — yetarli bo‘ldi. Barchamiz uning ayrim xatti-harakatlari jamoaga zarar keltirayotganini his qilardik. Go‘yo hamma narsa aynan uning sababli bizning zararimizga ishlayotgandek tuyilardi. Maydonda uni tinchlantirishga harakat qilardim, ayniqsa, diqqatini yo‘qotmasligi uchun — chunki bu ba’zan sodir bo‘lardi.
Unga: “Vinisius, sen shunchalik kuchlisan-ki, bularning senga keragi yo‘q”, derdim. Meni ham almashtirishlari menga yoqmagan, lekin rostini aytsam, hech qachon bundan keyin darhol kiyim almashtirish xonasiga qaytmaganman», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Footmercato.
Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Vinisius klub safida barcha musobaqalar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.