Kroos barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi kimligini aytdi
Germaniyalik futbolchi oʻzining sobiq ustozini eʼtirof etdi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» va Myunxenning «Bavariya» klublarida to‘p surgan sobiq yarimhimoyachi Toni Kroos italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi deb atadi va bunga sabablarini tushuntirdi.
«Barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi? Karlo Anchelotti. U katta jamoalarni boshqarishni hammadan yaxshiroq bilardi va bu faqat futbol jihatidan emas», — deydi Kroos.
Nemis futbolchisi Anchelotti qo‘l ostida «Real» safida 2014–2015 va 2021–2024 yillar oralig‘ida to‘p surgan. Italiyalik mutaxassis «Qirollik klubi» bilan uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist