locale OZ

«Kristal Pelas» Uortonni «Real»ga qo'yib yuborishi mumkin

London jamoasi xavbekni hozirda “Como” safida to'p tepayotgan Niko Pazga almashtirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kristal Pelas» Uortonni «Real»ga qo'yib yuborishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Kristal Pelas" klubi o'z yarim himoyachisi Adam Uortonni "Real"ga qo'yib yuborishi mumkin,

Defensa Central xabariga ko'ra, "burgutlar" Uortonga qiziqish bildirayotgan "qaymoqranglilar"ga futbolchilar almashuvini amalga oshirishni taklif qilishga tayyor.

London jamoasi xavbekni hozirda “Como” safida to'p tepayotgan Niko Pazga almashtirishni istamoqda.

“Real”da Pazni 10 million yevroga qayta sotib olish huquqi mavjud. Angliyaliklar Madrid klubining shu huquqdan foydalanishini istamoqda.

Bu mavsumda 21 yoshli Uorton barcha musobaqalarda 10 ta o'yin o'tkazib, 1 golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting