locale OZ

Krishtianu Ronaldu O'zbekistonga kelishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu O'zbekistonga kelishi mumkin
FOTO: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning “An-Nassr” klubi bilan 2027-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

Ronalduning asosiy maqsadi - Saudiya Arabistonini sovrinsiz tark etmaslik. Bu borada riyodliklar katta imkoniyatga ega.

Aniqrog'i, “An-Nassr” kuzda start oladigan OChL-2 musobaqasida ishtirok etadi. Hozirdan aytish mumkinki, ushbu turnirning eng asosiy favoriti - shubhasiz Ronaldu to'p suradigan jamoadir.

Shuningdek, mazkur turnirda o'tgan yilgi O'zbekiston Kubogi sohibi “Andijon” ham qatnashadi. Bundan ko'rinadiki, qur'a natijalariga ko'ra, “An-Nassr” va “Andijon” guruh yoki pley-off bahslarida o'zaro to'qnash kelishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting