Krishtianu Ronaldu La Liga klubini sotib olmoqchi
Futbol
05 apr 2025 da 07:15

Nasrullo Karimov
Журналист

FOTO: Getty Images
Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbol klubini sotib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik yulduz La Liganing “Valensiya” klubini sotib olishni rejalashtirmoqda. Hozirda jamoa muxlislari Ronaldu bilan uzoq yillar aloqada bo'lib kelgan klub xo'jayini Piter Limga qarshi norozilik bildirmoqda.
Biroq, ta'kidlanishicha, Ronalduning kelishuvni amalga oshirish uchun bir sharti bor. Agar “Valensiya” mavsum yakunlariga ko'ra La Ligada qolishni uddalasa, ushbu xarid amalga oshishi mumkin.
Ma'lumot uchun, “Valensiya” ayni dam La Liga turnir jadvalida 31 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda. Klub xavfli zonada 2 pog'ona yuqorida joylashgan.
Mashhur yangiliklar

Futbol
Bugun da 13:45


Futbol
Bugun da 13:05
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting