Konatening «Real»dagi maoshi ma’lum
Fransiyalik futbolchi 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi.
ФОТО: Getty images
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachi Ibraima Konatega shartnoma imzolagani uchun 20 million yevro bonus to‘laydi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining “Qirollik klubi”dagi maoshi taxminan 12 million yevroni tashkil etadi. Konatening “Liverpul”dagi so‘nggi mavsumidagi maoshi ham shunga yaqin bo‘lgan. Fransiyalik futbolchi 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi.
“Liverpul” 31-may kuni Konate bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi. Himoyachi 2021-yil yozidan buyon mersisaydliklar safida to‘p surib kelayotgandi. Bu davr mobaynida fransiyalik barcha musobaqalarda 183 ta o‘yinda ishtirok etib, yettita gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist