locale OZ

Konate «Real» bilan shartnoma imzoladi – manba

27 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konate «Real» bilan shartnoma imzoladi – manba
ФОТО: Getty images

“Liverpul” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Ibraima Konate Madridning “Real” klubi bilan shartnoma imzoladi.

RMC Sport nashrining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Konate 7 iyun, yakshanba kuni o‘z lavozimiga qayta saylangan klub prezidenti Florentino Peresning saylovoldi kampaniyasi davomida va’da qilingan transferlardan biri edi.

Himoyachi shartnomasi muddati (2026 yil 30 iyun) tugaganidan so‘ng “Liverpul”ni erkin agent maqomida tark etadi.

Hozirda Konate Fransiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib, u bilan birga AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting