Kompani: «Bizda vaziyatlar unchalik ko‘p bo‘lmadi»
«Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi ilk uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Nemis grandi Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasini 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
«Birinchi bo‘limni «Shalke»ga qarshi o‘yindagi birinchi bo‘lim bilan taqqoslash mumkin. Jamoa sabr bilan harakat qilishi kerak edi. Bizda vaziyatlar unchalik ko‘p bo‘lmadi, garchi gol urish imkoniyati bo‘lgan epizodlar ham uchragan bo‘lsa-da.
Tanaffusdan keyin kerakli vaqtda hisobni ochdik, shundan so‘ng boshqa gollar ham kiritildi. Bu munosib g‘alaba bo‘ldi», — dedi belgiyalik mutaxassis.
«Bavariya» Chempionlar ligasidagi keyingi uchrashuvini ham Norvegiyada o‘tkazadi. Myunxen klubi safarda «Viking»ga qarshi maydonga tushadi.