«Komo» Nico Pasni 60 mln yevroga sotib olishdan bosh tortdi — Di Marzio
Italiyaning "Komo" klubi Madridning "Real" jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi Nico Pasni 60 mln yevroga sotib olish taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Janluca Di Marzio xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" Italiya klubiga futbolchini 80 mln yevro evaziga qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan holda transfer qilishni taklif qilgan. Biroq "Komo" futbolchining faoliyatini A Seriyada davom ettirish istagini inobatga olib, ispaniyaliklarga rad javobini berdi.
Endi "Real" Nico Pasni qayta sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, "Komo" vakillari yaqin kunlarda muzokaralar uchun Madridga yetib boradi.
O‘tgan mavsumda Nico Pas Italiya jamoasi safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 mln yevroni tashkil etadi.